Bizning kompaniya 1970 yilda Sobiq Sovet Ittifoqi davrida o'z mehnat faoliyatini boshlab, xalq iste'moli uchun kerakli maxsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’illanadi.
       "VERIF" MCHJ ishlab chiqarishning turli sohalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda va katta tajribaga ega bo'lmoqda.

   Korxona 2011 yildan boshlab ikkilamchi PET xom ashyosini qayta ishlab undan ikkilamchi poliefir shtapel tolalar ishlab chiqarishni boshladi. Hozirgi kunda "VERIF" MCHJ O'zbekiston Respublikasida ikkilamchi PETdan ikkilamchi poliefir shtapel tolalar ishlab chiqarish bo'yicha asosiy ta'minotchi va shu sohada yetakchi korxonalardan biriga aylandi. Korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari keng turdagi ikkilamchi poliefir shtapel tolalar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tashkil etadi. Korxonaning strategik vazifasi bu mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko'rsatishni jadallashtirish va qulaylik yaratish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatliligini belgilab berishdan iborat. Ishlab chiqarishning barcha jarayoni, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni qabul qilingan standart va texnik shartlariga mos kelishini aniqlab beradigan, sifatini nazorat qiladigan yuqori texnologik uskunalar va zamonaviy ishlab chiqarish laboratoriyalaridan tashkil topgan. Jamoa sintetik tolalar ishlab chiqarish texnologiyasi sohasida yuqori malakaga ega bo'lgan, mahsulot sifatini nazorat qilish, ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish, ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab chiqarish, yangi materiallar va texnologiyalarni doimo ishlab chiqish va ularni tatbiq etish sohasida xorijlik yetakchi mutaxassislar, shuningdek yosh va malakali xodimlar guruhidan tashkil topgan. Bu yondoshuv O'zbekiston Respublikasi, MDH mamlakatlari, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardagi hamkorlar bilan o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatishga sharoit yaratadi.

   Zamonaviy ishlab chiqarish bazasi, ishlab chiqarish texnologik laboratoriyalari va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan korxona, hamkorlik loyihasiga individual yondoshuv, harakatchanlik, samaradorlik va moliyaviy o'zaro manfaatlilik doirasida, korxona o'zaro foydali aloqalarini taklif etadi. Innovatsion tamoyillarning tatbiq etilishi korxonaning professionalizm darajasini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga ta'sir qilishiga va hamkorlik sxemasining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

   Agar sizning mahsulotingiz yuqori sifatli va eng yaxshi narxga ega bo'lgan PET shtapel tolasini talab qilsa, biz har doim siz bilan hamkorlik qilishdan xursand bo'lamiz. Bizning veb-saytimizda keltirilgan kontaktlardan foydalangan holda bizning savdo bo'limimizga murojaat qilishingiz mumkin.

   Kompaniya "VERIF" MCHJ "TURANLAR" (Turkiya) Yevropa kompaniyasi bilan birgalikda kabinet mebellarini ishlab chiqdi va ishlab chiqarishga tatbiq etdi. Bu sohaning barcha xodimlari Turkiyaning Istambul shahrida o'qib, tajribalarini oshirdilar. Hozirgi kunda "VERIF" MCHJ keng assortimentda mebel ishlab chiqarmoqda. Har bir detalning sifatini yuqori darajada nazorat qilish, loyihasini, dizaynini va egronolikasini ishlab chiqishga berilayotgan alohida e'tibor, sizga mebellarimizninig yuqori did bilan ishlanganligidan kafolat beradi.

   "VERIF" MCHJ Armanistonlik mutaxassislar bilan "Arman Lavashi"ni texnologik jarayonini ishlab chiqdi va uni ishlab chiqarishga tatbiq qildi, uzoq yillar davomida Arman texnologiyasiga qat'iy rioya qilib, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish asosida borib, bu yo'nalishda katta yutuqlarga erishib kelmoqda.